Rossiya Braziliyaga Prigojinning o‘limiga sabab bo‘lgan halokatni tekshirishga ruxsat bermadi
Rossiya «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning Embraer Legacy 600 samolyoti halokatini tekshirishda braziliyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.

Foto: REUTERS/Marina Lysseva
Rossiya tomoni Braziliya Aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limiga sabab bo‘lgan Embraer Legacy 600 samolyoti halokati bo‘yicha hozircha xalqaro qoidalarga muvofiq tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda 29 avgust, seshanba kuni Reuters xabar berdi.
Braziliya idorasiga javob avvalroq tergov harakatlarida ishtirok etish haqidagi so‘rovga muvofiq taqdim etilgan. Prigojin foydalangan Embraer biznes-jyeti ishlab chiqaruvchisi Braziliya kompaniyasi bo‘lib, shuni inobatga olgan holda Braziliya tergovda yordam berishni taklif qildi, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, CENIPA bunday hamkorlik «aviatsiya xavfsizligini yaxshilashga» yordam berishini ta’kidladi, ammo bu faqat xalqaro qoidalarga muvofiq tekshiruv o‘tkazilgan taqdirdagina ro‘y berishi mumkin.
Reuters agentligining qayd etishicha, Rosaviatsiya CENIPA’ga rad javobi berishga haqli, chunki Prigojinning samolyoti xalqaro emas, balki ichki reysni amalga oshirgan. Braziliya tomoni kelajakda ushbu turdagi samolyotlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishga intilmoqda, biroq rossiyalik hamkasblarining xatti-harakatlari CENIPA va samolyot ishlab chiqaruvchisi Embraer uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik. Rossiyaning Braziliya taklifini qabul qilishdan bosh tortishi «shaffof tergov bo‘lmasligini» ko‘rsatadi, dedi Reuters manbasi, aviahalokatlarni tekshirish bo‘yicha ekspert Jyeff Gazzetti.
Prigojinning dafn marosimi belgilangan harbiy jarayonlarsiz o‘tdi
23 avgust kuni aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan «Vagner guruhi» asoschisining dafn marosimi 29 avgust kuni Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida bo‘lib o‘tdi. U bilan xayrlashuv yopiq formatda o‘tkazildi.
«Vagner» yollanma askarlari va Prigojinning boshqa tarafdorlari dafn marosimiga taklif qilinmagan - OAV xabarlariga ko‘ra, marosimda faqat uning yaqinlari ishtirok etgan. «Vagner» XHK rahbarini dafn etish paytida harbiy odatlarga ham rioya qilinmagan, aslida esa, prezident farmoniga ko‘ra, Rossiya Qahramoni unvoniga ega bo‘lgan odamlarning dafn marosimi tegishli jarayonlar bilan o‘tishi kerak.
Isyondan ikki oy o‘tgach yuz bergan aviahalokat
Yevgeniy Prigojinga tegishli biznes-jyet Moskvadan Sankt-Peterburgga ketayotganda Tver viloyatida halokatga uchradi. Samolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar yo‘lovchi, jumladan Prigojinning o‘zi va «Vagner» XHK asoschilaridan biri Dmitriy Utkin bo‘lgan.
Ommaviy axborot vositalarida samolyot qulashi sabablarining versiyalari orasida bortda bomba portlashi va zenit-raketa bilan urib tushirilishi bor.
Aksariyat siyosiy tahlilchilar Rossiyada voqeadan roppa-rosa ikki oy oldin harbiy isyon uyushtirgan Prigojinning o‘limiga maxsus xizmatlar aloqador deb hisoblayapti.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi
Jamiyat | 19:00
-
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56
-
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi
Jahon | 18:50
-
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?
Jahon | 18:38
Mavzuga oid

17:41
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi

16:13
Moskvada geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqariladi

15:24
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

15:12