Sport | 22:51 / 14.08.2023
19233
1 daqiqa o‘qiladi

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi

So‘nggi 10 kun davomida Belarusda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi o‘yinlari yakuniga yetdi.

MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 28ta oltin, 25ta kumush va 53ta bronza, jami 106ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, delegatsiyamiz umumiy va oltin medallar soni bo‘yicha MDH o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangilagan.

Ochiq formatda o‘tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi O‘yinlarda 20 sport turida 246ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. 

Medallar jamg‘armasiga ko‘ra MDH o‘yinlari yakuniy jadvali:

Mavzuga oid