Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda katta miqdorda qalbaki pul ishlab chiqargan shaxslar ushlandi
Ular 400 mln so‘m soxta pullarni 160 mln so‘m haqiqiy pulga sotayotganda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: Navoiy viloyati IIB
Qiziltepa tumanida qalbaki pul ishlab chiqarish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 6 avgust kuni viloyat IIB TQX JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida tumanda yashovchi fuqaro A.R. shartli xaridorga jami 400 mln so‘m qalbaki pullarni 160 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pulni olgan vaqtida ushlangan. A.R. olib borilgan tezkor suhbat davomida u 200 ming so‘mlik kupyuralarni Qiziltepa tumani Bo‘lakrabot mahallasi hududida joylashgan “Qiziltepa turon” MChJga qarashli savdo do‘konida tanishi A.X. bilan birgalikda bosib chiqarganini bildirgan.
Savdo do‘koni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan borib ko‘zdan kechirilganida u yerdan qalbaki kupyuralarni bosib chiqarishda foydalanilgan noutbuk, rangli printer hamda qalbaki pullar topilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 100 ming so‘mlik qalbaki banknota ishlab chiqargan jinoiy guruh ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Jamiyat | 09:54
-
Karachidan Toshkent va aSmarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:48
-
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 09:30
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
Mavzuga oid

11:39 / 26.12.2024
G‘ilay Lenin – SSSRda 10 rubllik pullarni soxtalashtirgan shaxs qanday fosh bo‘lgandi?

16:51 / 06.10.2024
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida soxta dollar va so‘mlarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

07:31 / 01.07.2024
Navoiyda 1 mlrd so‘mdan ortiq soxta pullar yo‘q qilindi

23:15 / 27.04.2024