Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Fayzulla Yusupov Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tumanning oldingi hokimi Nodir Erkayev iyul oyida prezident vidoyeselektorida ishdan olingandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
4 avgust kuni xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
F.Yusupov 1976 yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 1999 yil Toshkent moliya institutini, 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Chiroqchi tumaniga 2022 yil aprelidan buyon Nodir Erkayev rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari va Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2023 yil iyul oyida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.
- 3 avgust kuni Mirishkor tumaniga ham yangi hokim tasdiqlangandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Fayzulla G‘ulomov iyul oyidagi yig‘ilishda ishdan ketgan Sherali Sanayev o‘rnini egallagandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025