Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shko‘pircha islohot: tadbirbozlik uchun millionlar, shifoxona uchun “zambarakning o‘qi” (foto)
Agar o‘tgan asrning 80 yillariga sayohat qilishni istasangiz, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani markaziy shifoxonasining stomatologiya bo‘limiga borish tavsiya etiladi. Sababi bu yerda 40-50 yil oldingi sovetcha muhit hamon hukmron. Tuman hokimligi o‘tmishda “qolib ketgan” shifoxonani yangilash o‘rniga mahalliy budjet millionlarini faqatgina qarsak chalish mumkin bo‘lgan tadbirlarga sarflash bilan ovora.
Kun.uz’ga Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi. Unda tuman markaziy shifoxonasining stomatologiya bo‘limi achinarli ahvolda ekanligi, bino ta’mirga muhtojligi, zamonaviy tibbiy uskunalar yo‘qligi, tuman mas’ullari ushbu muammoga e’tibor qaratmayotgani haqida so‘z boradi.
Murojaat egasi fikrlariga asos sifatida tahririyatga bo‘limdan tushirilgan ko‘plab suratlarni taqdim qildi. Ularda stomatologiya bo‘limi chindan ham achinarli holda ekanligini ko‘rish mumkin.
Bo‘limdagi mebellar, eshik va romlar, hatto qaysi xona ekanligini bildiruvchi yozuvlar ham binoning yoshi bilan teng bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu yerdagi tibbiy jihozlarni ko‘rgan sog‘ odamning tishi og‘rib qolishi hech gap emas.
Mahalliy budjet mablag‘larini turli tadbirlar uchun istagancha sarflayotgan tuman hokimligi ushbu tarixiy shifoxonani yangilashga, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratmayotgani tushunarsiz holat.
Masalan, tuman hokimligi mahalliy budjetning zaxira mablag‘lari hisobidan bayramlarda banner yasatish hamda shiorlar uchun millionlab so‘m sarflab kelmoqda.
Yoki tuman hokimligi majlislar zalining isitish tizimini ta’mirlashga (41 mln so‘m), uch avlod uchrashuvi tadbirlarini o‘tkazishga (49,3 mln so‘m), faqatgina qarsak chalish mumkin bo‘lgan ijodiy uchrashuvlarga (23 mln so‘m) topilgan mablag‘ aslida eng zarur masala bo‘lgan shifoxona uchun topilmayotgani achinarli.
Tuman markaziga kelib ham sifatli stomatologik tibbiy xizmat ololmayotgan qo‘shko‘pirliklarning e’tirozi o‘rinli: ular hokimlikning “Qo‘shko‘pircha islohot”idan norozi. Qolaversa, inson qadri tadbirbozlik emas, yaratilgan ijtimoiy imkoniyatlar bilan o‘lchanadi, deya hisoblashmoqda.
Ruslan Saburov
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:51 / 23.06.2025
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

18:30 / 29.04.2025
Qo‘shko‘pirda sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

21:05 / 02.04.2025