Yerning bir yillik tabiiy resurslari shartli zaxirasi 7 oyda tugadi
2023 yilda Butunjahon ekologik qarz kuni o‘tgan yilga nisbatan besh kunga kechroq sanada kuzatildi. Ammo bu faqat tashqaridan ko‘rinayotgan jarayondan iborat, deya ta’kidlaydi Global Footprint Network ekologlari.

Foto: Loop Images/UIG via Getty Images
2023 yilda odamlar qayta tiklanadigan tabiiy resurslar shartli zaxirasini 2 avgust, chorshanba kuniga qadar tugatdi, deb xabar bermoqda «Ekologik iz global tarmog‘i» Amerika ekologik tashkiloti (Global Footprint Network, GFN). Natijada 2 avgust amerikalik ekologlar tomonidan 2023 yilgi Jahon ekologik qarz kuni deb e’lon qilindi.
GFN o‘z hisob-kitoblarida insonning ekologik izini (odamlarning qayta tiklanadigan resurslardan foydalanishi) biosig‘im (sayyoraning chiqindilarni qayta tiklash va o‘zlashtirish qobiliyati) bilan solishtiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar Yer yuzidagi barcha odamlar Germaniyadagidek isrofgarchilik bilan yashasa, ekologik qarz kuni 4 mayga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi.
O‘tgan yili odamlar «ekologik kredit» bo‘yicha yashashni 5 kun avval – 28 iyuldan boshlagan. Bir qarashda, odamlar 2023 yilda 2022 yilga qaraganda kamroq resurslarni ishlatganga o‘xshaydi, ammo GFN ekologlari bu faqat tashqaridan ko‘rinayotgan jarayon ekanligini ta’kidlamoqda.
Taqqoslash haqiqatan indikativ bo‘lishi uchun yillik ko‘rsatkichlar yangi ma’lumotlar va usullarni hisobga olgan holda retroaktiv ravishda yangilanadi, shuning uchun 2022 yilda ekologik qarz kuni aslida faqat 1 avgustda, ya’ni amaldagidan atigi bir kun oldin kelgan, deb tushuntirgan ekologlar.
Vaziyat deyarli o‘n yil davomida o‘zgarmadi, dedi GFN vakili Amanda Dip. U koronavirus pandemiyasi yoki energiyani dekarbonizatsiya qilish harakatlari tufayli iqtisodiy faollikning pasayishi resurslar iste’moliga qanday ta’sir qilgani hali aniq emasligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
-
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi
Jamiyat | 13:27
-
YeMB tanaffusdan oldin yana asosiy stavkalarni pasaytiradi
Iqtisodiyot | 13:14
Mavzuga oid

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

13:17 / 08.01.2025
O‘zbekiston va Pokiston davlat zaxiralarini shakllantirish yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

11:01 / 08.01.2025