O‘zbekiston | 09:46 / 20.07.2023
2748
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston turizm salohiyati Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlarida targ‘ib qilinadi

Madridda Ispaniyaning Evercom PR kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Mamlakatning Madriddagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shartnomaga asosan Evercom PR kompaniyasi O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini Ispaniya va ispan tilida so‘zlashadigan Lotin Amerikasi davlatlari ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali professional darajada keng targ‘ib qilish ishlarini olib boradi.

Bundan tashqari, turli maqsadli auditoriyaga ega ispanzabon internet-kontentlar orasida mashhur bo‘lgan blogerlar uchun infoturlar, Ispaniya yetakchi OAVda ixtisoslashgan jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi xabar-maqolalarini nashr etish, ijtimoiy tarmoqlar va eng ommabop internet saytlari hamda nashrlar sahifalarida reklamalar joylashtirish, bu yo‘nalishdagi faoliyat doimiy monitoringini olib borish hamda natijalarini tahlil qilish ishi amalga oshiriladi.

Ushbu kompaniya yuqoridagi masalalar doirasida O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi «Milliy PR markazi» va hamkorlar o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid