Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 nafar hokim va yana 3 nafar mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda – Antikorrupsiya agentligi
Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumani hokimlari, shuningdek davlat korxonalari boshliqlari qonunga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi “biznesmen”larning tadbirkorlik sub’yektlaridagi faoliyati tugatilishini bildirdi. Ro‘yxatdagi amaldorlarning 4 nafari haqida Kun.uz'da tanqidiy maqolalar e’lon qilingan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qonun va qonunosti hujjatlariga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mansabdorlar aniqlandi. Xususan, 6 nafar rahbar mansabdor shaxs — 3 nafar tuman-shahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qo‘mita rahbari tadbirkorlik sub’yektlarining ta’sischilari ekani ma’lum bo‘lgan:
- Milliy antidoping agentligi direktori A.Sodikov “Total Oil” MChJ;
- “Axborotlashtirish Bosh markazi” DUK rahbari D.Sarixo‘jayev “Musammo” MChJ;
- Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi S.Nosirova Sabina Issiq Nonlari 777” va “Ko‘mir Sanoati” MChJlar;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev “Zarafshan Golden Group” va "Zarafshon Grand Invest" MChJlar, “G‘ani Bobo Chorvasi” fermer xo‘jaligi;
- Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov “Sanico Group” va “Uv-Maks” MChJlar;
- Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi rahbari B.Sharipov “Karomat Oyijon-Surxon” fermer xo‘jaligida ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha mazkur davlat organlari va ularning yuqori turuvchi idoralariga Antikorrupsiya agentligi tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berilishi, ya’ni mansabdor shaxslarning tadbirkorlik sub’yektlaridagi faoliyati tugatilishi choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.
Bundan tashqari, hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmasligi belgilangan.
Avvalroq, Kun.uz qonunchilikda taqiqlangan bo‘lsa-da, ayrim tuman va shahar hokimlari firmalar rahbarligini ham o‘z qo‘llarida saqlab qolayotganiga doir tanqidiy maqolalar e’lon qilgan edi.
UPD. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligining ma’lum qilishicha, Kun.uz'dagi tanqidiy maqoladan so‘ng, joriy yil 13 iyun kuni tuman hokimi Anvar Sayfutdinov “Sanico Group” va “Uv-Maks” MChJlar ta’sischiligidan chiqqan. Hokimlik mas’ullari bu haqda Kun.uz'ga taqdim qilgan rasmiy hujjatlarini Antikorrupsiya agentligi ham yuborilganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
Mavzuga oid

12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin

11:28 / 08.04.2025