Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2024 yildagi antikorrupsion ishlari samaradorligini baholadi. Agentlikning IIVga tayanib ma’lum qilishicha, 2024 yilda oldingi yilga nisbatan Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni 71 foizga, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 48 foizga, hokimliklarda 43 foizga, Adliya vazirligi tizimida 22 foizga kamaygan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 103 ta davlat tashkilotining 2024 yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi. Shundan 14 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 89 tasi esa takroran baholandi. Bu haqda 8 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Agentlik axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Natijalarga ko‘ra, 41 ta tashkilot faoliyati samaradorligi «yaxshi» – (81-100 ball), 53 ta tashkilot «qoniqarli» – (55-80 ball) va 9 ta tashkilot «qoniqarsiz» – (55 balldan past) toifaga ajratildi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkilotlari tomonidan o‘rtacha 68,9 ballni tashkil etgan), 2022 yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkilotlari tomonidan 59,5 ball) yaxshilangan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni 71,4 %ga, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 47,8 %ga, hokimliklarda 43,2 %ga, tijorat banklarida 31,9 %ga, Adliya vazirligi tizimida 21,9 %ga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida 8,3 %ga kamaygan.
2023 yilgi reyting baholashda «qoniqarsiz» deb topilgan 13 ta davlat tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan agentlik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida ularning faoliyatida ham ijobiy o‘sish kuzatildi.
Shuningdek, vazirlik va idoralardan 112 tasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilma rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 5 tasida topshiriq ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari lavozimlarini 20 aprelga qadar ochiq tanlov asosida to‘ldirish yuzasidan vazirlik va idoralarga agentlikning topshiriq xati yuborilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

09:20
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

18:04 / 02.07.2025
Armanistonning sobiq prezidenti poraxo‘rlik va noqonuniy tadbirkorlikda ayblandi

19:42 / 30.06.2025