Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Central Asian University iqtidorli yoshlar uchun yangi muhandislik ta’lim yo‘nalishlari va grantlarini e’lon qildi

Foto: Central Asian University
Central Asian University o‘quv dasturining kengayishini va ikkita yangi muhandislik yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. Talabalar endi sanoat muhandisligi va biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha o‘qish imkoniyatiga ega. Bu sohadagi mutaxassislarga ehtiyoj katta bo‘lib, ular uchun istiqbolga keng imkoniyatlar ochiladi.
Talabalarni sanoat muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish samarali va innovatsion o‘quv dasturlari va metodikalaridan foydalangan holda, yuqori malakali xorijiy professorlar va yetakchi mahalliy kompaniyalarning tajribali mutaxassislari rahbarligida amalga oshiriladi. Talabalar kurs loyihalari, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar bajarish, treninglar o‘tkazish va ilg‘or sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Muhandislik maktabida o‘qish imkoniyati mavjud bo‘lgan ikkinchi yo‘nalish bu biotibbiyot muhandisligidir. Dastur ma’ruzalar, kurs va laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv mashg‘ulotlari va tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashni o‘z ichiga oladi. Talabalar biotibbiyot texnikasi va materiallari, biotibbiyot vizualizatsiyasi va biotibbiyot hisob-kitoblarini o‘rganadilar, bu ularga biotibbiyot uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, biotibbiyot ma’lumotlarini tahlil qilish, biotexnologiya, biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar olib boruvchi mutaxassis bo‘lish imkonini beradi.
Muhandislik maktabi talabalarga ushbu yo‘nalishlarni ona tilida o‘rganish imkoniyatini beradi. O‘qishning birinchi yilida talabalar o‘zbek yoki rus tillarini tanlashlari mumkin, ikkinchi yildan boshlab ingliz tili o‘qitishning asosiy tiliga aylanadi.
Muhandislik maktabi sanoat va biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar uchun maxsus grant dasturini taklif etadi. Ushbu dastur eng 20 yaxshi abituriyentlarga 4 yil davomida o‘qish uchun hamkor tashkilotlarlardan grant olish va keyinchalik ishga joylashish imkoniyatini beradi.
"Muhandislik maktabida yangi ta’lim yo‘nalishlarining ochilishi talabalarga bugungi mehnat bozori talablariga javob beradigan zamonaviy va sifatli ta’lim berishga bo‘lgan doimiy intilishimizni aks ettiradi", - deydi muhandislik maktabi dekani O‘ktam Obloqulov.
Abituriyentlarni muhandislik maktabiga qo‘shilishga va akademik oilaning bir qismi bo‘lishga taklif qilamiz, u yerda bo‘lajak mutaxassislar muhandislik sohasida yuqori martabalarga erishish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayoni va grant dasturi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun abituriyentlar universitetning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishlari mumkin. Universitet vakillari bilan yagona qo‘ng‘iroq markazi orqali +998 (71) 200-05-22 yoki @cau_admission Telegram boti orqali bog‘laning.
Qabul qilish uchun hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin.
Reklama
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:27
-
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi
Jamiyat | 13:20
-
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi
Ta’lim | 13:14
-
103 xizmati barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 13:12
Mavzuga oid

16:59 / 08.07.2025
Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

17:00 / 11.04.2025
Central Asian University 2025–2026 o‘quv yili uchun bakalavriat dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda

17:00 / 30.07.2024
Central Asian University nemis tili bo‘yicha jahon olimpiadasi sovrindori Rayyona Ibrohimova uchun 100 foiz grant ta’sis etdi

15:00 / 15.06.2024