Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIOga ishga kirish uchun topshiriladigan test javobini sotmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2023 yil 21 iyun kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zini To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi M. deb tanishtirgan shaxs “Telegram” messenjeridagi profili orqali IIOga ishga kirish uchun topshiriladigan psixologik testlarning javoblari borligini, ushbu to‘g‘ri javoblarni 100.000 so‘mdan sotishini aytganini ma’lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizada nomi keltirilgan shaxs test javoblarini berish evaziga o‘zining raqamli bank plastik kartasiga 100 000 so‘m pullarni qabul qilgani aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan (firibgarlik ko‘p miqdorda; takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; xizmat mavqeyidan foydalangan holda; axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:20 / 15.07.2025
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?

09:20 / 06.05.2025
IIO tarkibida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etiladi

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024