Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik xizmat xodimlarini ishga qabul qilish tartibi belgilandi
Adliya vazirining “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Nizom davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish hamda ularni birinchi marta lavozimga tayinlashda stajirovkadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Kelishish uchun adliya organlariga bir yoki bir nechta nomzodning hujjatlari yuborilishi mumkin. Kelishish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
davlat organi yoki tashkiloti rahbarining xodimni lavozimga tayinlash bo‘yicha taqdimnomasi;
belgilangan shaklga muvofiq nomzod va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotnoma.
Nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishishda u bilan suhbat o‘tkaziladi. Buning uchun tegishli adliya organida 5 nafar a’zodan iborat komissiya tashkil etiladi.
Suhbat nomzodning bo‘lajak ish sohasiga oid mavzular, jumladan konstitutsiyaviy huquq, mehnat va fuqarolik huquqi, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ish yurituvi asoslari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suhbatdan so‘ng uch ish kuni ichida nomzod komissiya tomonidan uni lavozimga tayinlashni kelishish yoki rad etish haqida qaror haqida xabardor qilinadi.
Ilk bor yuridik xizmat xodimi sifatida lavozimga tayinlanayotgan shaxslar adliya organlarida 2 haftalik stajirovkadan o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

15:33 / 23.07.2025
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025