O‘zbekiston | 08:37 / 27.06.2023
3405
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat notarial idoralari ishchilariga ovqatlanish xarajatlari qoplanadi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Davlat notarial idoralari va Adliya vazirligi huzuridagi notarial arxivlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish turlari kengaytirilmoqda.

Endilikda xodimlarga rasmiy bayram kunlari munosabati bilan bir marotabalik mukofot puli to‘lanishi, ularning ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari qoplanishi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ajratilishi mumkin.

Muqaddam lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama o‘rnatish, mukofotlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish kabi rag‘batlantirish turlari o‘rnatilgan edi.

Ularning miqdori o‘rnatilmoqda:

  • bir marotabalik mukofot puli – bir oylik maosh miqdorigacha;
  • ovqatlanish uchun har oylik to‘lov – BHM 2 baravarigacha;
  • yo‘lkira uchun kompensatsiya – BHM 1 baravarigacha;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba (qoida tariqasida, kuz oylarida) moddiy yordam – BHM 10 baravarigacha.

Mavzuga oid