Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasining jamoatchilik oldida hisobot berib borishi tizimi joriy qilinadi
Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlar javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.

Foto: UzA
“Hisob palatasi faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Hisob palatasi budjet mablag‘lari ustidan tizimli nazorat o‘rnatish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida shu haqda gap bordi.
Qonun bilan davlat budjeti mablag‘lari maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlarning javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.
Budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish aniqlangan taqdirda Hisob palatasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilishi belgilanmoqda.
Palata faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobot berib borish tizimi joriy qilinmoqda.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq fuqarolik sudlariga ko‘rib chiqish uchun berilgan da’volar va shikoyatlar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi

13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

17:00 / 12.02.2025