Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
O‘z mamlakati ichida ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lganlar soni olti yil ichida ikki baravar ko‘paydi. Ko‘chishlarning 90 foizi mojarolar va zo‘ravonlik bilan bog‘liq.

Foto: UNICEF/UNI657364/El Baba
Nodavlat notijorat tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli mojarolar, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishining yanada yomonlashuvi tufayli butun dunyo bo‘ylab o‘z uyini tashlab ketganlar soni yangi yuqori darajaga ko‘tarildi. 13 may, seshanba kuni Jyenevada chop etilgan Norvegiya qochqinlar kengashi va u asos solgan ichki ko‘chish monitoringi markazi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘ylab 83,4 millionga yaqin odam yashash joylarini tashlab, o‘z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.
Oxirgi olti yil ichida dunyo bo‘ylab o‘z uyini tashlab ketganlar soni ikki baravar oshdi: 2018 yilda bu ko‘rsatkich 40,6 million kishini, 2020 yilda – 54,1 millionni, 2022 yilda – 69,8 millionni tashkil etdi.
Hujjatda aytilishicha, 2024 yilda ichki ko‘chishlarning 90 foizi (deyarli 73,5 million) mojarolar va zo‘ravonliklar tufayli sodir bo‘lgan. Bu 2018 yilga nisbatan 80 foizga ko‘p. Fuqarolar urushi avj olgan Sudanning o‘zida 11,6 million ichki ko‘chirilganlar bor – bu boshqa mamlakatlardan ko‘p. Suriyada bu ko‘rsatkich 7,4 million, Kolumbiyada 7,3 million, Kongo Demokratik Respublikasida 6,2 million, Yamanda 4,8 million kishini tashkil qilgan.
Tabiiy ofatlar 10 millionga yaqin odamning o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishiga sabab bo‘ldi, ularning eng ko‘p soni Afg‘onistonda (1,3 million), Chadda (1,2 million), Filippinda (1 million), Efiopiyada (757 ming) va Somalida (733 ming). Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu toifadagi ichki ko‘chishlarning qariyb 99,5 foizi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ofatlarga taalluqli.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

00:25 / 08.01.2025