O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 10 fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (TSMRI) ikki muhim tadbir – TSMRI va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash hamda TSMRI huzurida KPMG Akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Memorandumning birinchi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari uchun «ACCA — moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu o‘quv dasturining o‘ziga xos jihati shundaki, nazariy bilimlarni yetakchi xalqaro auditorlik kompaniyalarining amaliy tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, korporativ kurslarga KPMG ekspertlarini jalb etishdan iborat.
TSMRI huzurida KPMG Akademiyasining ochilishi o‘z navbatida institutga korporativ kurslar segmentida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi. Xalqaro auditorlik sohasida yetakchi va «katta to‘rtlik»ka kiruvchi kompaniyalardan biri KPMG’ning TSMRI tomonidan tashkil etiladigan korporativ kurslarni o‘qitishda faol ishtirok etishi, inson kapitalini rivojlantirish va turli darajadagi xodimlarning malakasini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi

17:50 / 30.09.2024
Hisob palatasi raisiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

17:00 / 23.08.2024
Toshkentda nufuzli xalqaro oliygoh talabasi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning

19:00 / 20.08.2024