Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“GESlarimiz portlatilgan taqdirda qiladigan ishlarimiz loyihasi mavjud”- suv xo‘jaligi vaziri
20 iyun kuni suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev O‘zbekistonda suv ta’minotini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar masalasida OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.

Kun.uz muxbiriga ko‘ra, vazir tadbir davomida O‘zbekistonning suv inshootlari xavfsizligi borasidagi savolga ham javob berdi.
“Ukrainadagi “Kaxovka” GES portlatilishi yana bir bor ko‘rsatdiki, suv inshootlari xavfsizligiga katta e’tibor berish kerak. Ularning har biri bilan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinadigan ishlar rejasini ishlab chiqish kerak.
Bizda ham barcha GESlarimiz uchun ular portlatilgan taqdirda qilinadigan ishlar loyihasi mavjud. Bunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi nima qilishi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” nima qilishi to‘liq belgilangan.
Xohlagan GESni tanlang, bizni sizni o‘sha yerga olib boramiz va rejalar bilan tanishtiramiz. Biz yaqinda shu bo‘yicha amaliyot ham qilib ko‘rdik. Bunda “Chorvoq” GES portladi, deb tasavvur qildik-da, suv necha soatda bizga yetib kelishi, biz qayerga borib dislokatsiya qilishimiz-u, qayerda “palatka” qilib, suvni qanday boshqarishni mashq qildik.
Bunday amaliyot hamma suv omborlari bo‘yicha bor”, – dedi vazir.
Shavkat Hamroyev shuningdek, bunday reja Sardoba falokati vaqtida yo‘qmidi, degan savolga ham javob berdi.
Sardoba suv omboridagi qurilish hali tugamagan edi. Bu birinchidan, ikkinchidan, bu loyiha bor edi. Keyin eng katta masala, o‘sha loyihada Sardoba suv ombori uchun 27 mlrd so‘mlik o‘zgarishlarni nazorat qiluvchi qurilmalar o‘rnatish rejasi bor edi. Ammo o‘sha loyihani moliyalash oxirigacha bormagan edi. O‘sha loyiha moliyalanganda suv chiqishni boshlashi bilan sirenalar chalinardi. Bu tizim oxiriga yetmagandi. Sardoba fojiasining eng katta sabablaridan biri – qurilish oxiriga yetmagandi.
Ish komissiyasi ham, davlat komissiyasi ham ko‘rmagan edi. Biz uni tezroq foyda bersin, xalq – jizzaxliklar, sirdaryoliklar qiynalgan, deb uni to‘ldirib ishlatishni boshlagandik. Geologiyasi pand berdi”, – dedi O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44
-
Turkiya va AQSh Isroildan Suriyaga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

10:56 / 20.06.2025
Hisorakda 1,5 mln dollarga kichik GES qurildi

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

17:34 / 05.04.2025