RF mudofaa vazirligi «Leopard tanklari yo‘q qilinishi kadrlari»ni namoyish etdi. Z-blogerlar shubha bildirmoqda
Urush tarafdori bo‘lgan Z-blogerlar vazirlik videosida aslida qishloq xo‘jaligi texnikalariga zarba berilgani ko‘rsatilganini aytishdi. Prigojin ham bu videoga zaharxandalik bilan munosabat bildirdi.

6 iyun kuni RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya armiyasi uch kundirki frontning bir qancha uchastkalarida Ukraina qurolli kuchlarining «anchadan buyon va’da qilingan qarshi hujumi»ni qaytarayotganini ma’lum qildi. Uning tasdiqlashicha, o‘tgan uch kun ichida Ukraina tomonining yo‘qotishlari 3715 nafar harbiy xizmatchi, 52 tank, 207 jangovar zirhlangan mashinalar, 134 avtomobil, beshta samolyot, ikkita vertolyot, 48 ta dala artilleriyasi quroli va 53 ta uchuvchisiz uchar apparatni tashkil etgan.
Shoygu 5 iyun kuni Ukraina qurolli kuchlarining yettita yo‘nalishdagi yurishlari to‘xtatilgani, shu kungi janglarda 28 ta tank, jumladan nemislar yetkazib bergan sakkizta Leopard rusumli tanklari va fransuzlarning uchta AMX-10 rusumli g‘ildirakli tanklari yo‘q qilingani haqida alohida gapirdi. Bu ma’lumot avvalroq, seshanbaga o‘tar kechasi RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan ham e’lon qilingandi.
Shoygu o‘z so‘zlariga hech qanday dalil keltirmagan. Ammo ko‘p o‘tmay Rossiya harbiy idorasi matbuot xizmati OAV uchun qisqa video taqdim etgan, kadrlarda «xorijdan yetkazib berilgan zirhli texnikalar, jumladan Leopard tanklari yo‘q qilinishi aks etgani» aytilgan.
Shu zahoti ko‘plab rossiyalik harbiy mavzuga ixtisoslashgan blogerlar RF mudofaa vazirligi roligida haqiqatan ham zirhli texnikalar ko‘rsatilganiga shubha bildira boshladi.
Rossiya bosqinini qo‘llovchi mashhur kanallardan biri hisoblangan «Voyennyy osvedomitel» (Harbiy darakchi) telegram-kanali mashina siluetlarini (bir rangda ishlangan kontur surat) tahlil qilib, videoda Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan John Deere 9000 va 700 seriyali g‘alla o‘rish kombaynlari, shuningdek Ukraina hududida juda ommalashgan John Deere 4830 rusumli g‘o‘zalar bargini to‘kish uchun dori sepadigan purkagich traktor aks etganini aniqladi.
«Qishloq xo‘jaligi texnikalariga xatolik bilan yo‘llangan zarba kadrlarini bizga „Leopard“ni aniq nishonga olish sifatida ko‘rsatish nega kerak edi», — deya yozadi kanal muallifi.
RF mudofaa vazirligining sobiq xodimlari tomonidan yuritiladigan yana bir yirik «Rybar» telegram-kanali ham shunday xulosaga kelgan. «Agar kadrni kattalashtirsangiz, obekt konturlarida qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘xshash nimanidir ko‘rasiz. G‘ildiraklar konturlarda yaqqol ajralib turadi, „stvol“ esa aslida burg‘i parragini eslatadi. Qolaversa, vertolyot ekipaji ham o‘zaro muloqotda nishon „Leopard“ ekanini aytmagan», — deyiladi postda.
«„Leopard“lar yo‘q qilinishi» videosiga «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin ham kinoya bilan munosabat bildirgan. «Bugun Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi PTURchilarning (tankka qarshi boshqariluvchi raketa uchiruvchi) ta’sirli ishini namoyish etdi. Bu kadrlarda Leopard tanklari g‘alati taktik manyovrda bir-biriga qarab harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Bu tanklar qishloq xo‘jaligi kombaynlari ko‘rinishida niqoblangan. Ularning stvoli pastga egilgan. Ammo bu bizning PTURchilar ularda dushman texnikasini ko‘rishiga xalal bermagan», — degan u.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Jahon | 17:11
-
Eron tashqi ishlar vaziri Putin bilan uchrashadi
Jahon | 16:40
-
🔴 LIVE: AQSh urushga qo‘shildi, Eronning javobi qanday bo‘ladi?
Jahon | 16:30
-
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev
Jahon | 16:11
Mavzuga oid

10:57
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

08:32
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi

23:43 / 21.06.2025
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi

21:16 / 21.06.2025