Buxoroda futbol o‘yini paytidagi janjal o‘lim bilan yakun topdi
Ikki yigitning o‘zaro janjali oqibatida 27 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Kogon tumanida futbol o‘yini vaqtida ikki yigitning janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 may kuni soat 22:30larda Kogon tumani Sorg‘un mahallasida yashovchi 21 yoshli A.L. ismli shaxs tumanning B.Naqshband mahallasida joylashgan mini futbol maydonchasida mahalladoshini o‘ldirib qo‘ygan. U o‘zaro futbol o‘yini vaqtida mahalladoshi, 27 yoshli H.O. ismli tanishi bilan janjallashib, unga sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan. Fuqaro H.O. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

17:24 / 03.07.2025
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

20:42 / 19.06.2025