Ayrim hududlarda suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni kam talab qiladiganiga almashtirish zarur - MHTI
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar (MHTI) ekspertlari tomonidan suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.

Foto: Kun.uz
Yer yuzida qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Kelgusi o‘n yillikda, iqlim o‘zgarishlari va qo‘shni mamlakatlarda suv iste’molining ortishi O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolardan suv olinishini kamaytiradi. Buning natijasida qurg‘oqchilik va cho‘llanish jarayoni yanada kuchayib ketishi hamda aholi turmush darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
2030 yilga borib O‘zbekistonda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilishi va oqibatda mamlakat dunyodagi suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi ehtimoldan yiroq emas.
Bunday sharoitda Amudaryo va Sirdaryo havzalari quyi oqimida joylashgan hududlardagi eng ko‘p suv sarflanadigan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i (jami suvning 90 foizi) katta zarar ko‘radi.
Shu sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni bosqichma-bosqich suvni kam talab qiladigan ekinlarga almashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 tonna soya ishlab chiqarish uchun 4124 kub metr va shuncha qoramol go‘shtini yetishtirish uchun 15500 kub metr, 1 tonna guruch yetishtirish uchun 3082 kub metr, 1 tonna bug‘doy yetishtirish uchun esa 2375 kub metrgacha suv sarflanadi.
Suv tanqisligi ta’sirini yumshatish maqsadida qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarning suv iste’moli darajasi o‘rganib chiqildi. Jumladan, suvni kam talab qiluvchi 1 tonna kovul (kapers) yetishtirish uchun 500 kub metr, cho‘l jo‘xorisi yetishtirish uchun 700 kub metr, 1 tonna qo‘y va echki go‘shtini ishlab chiqarish uchun esa 1500 kub metrgacha suv sarflanadi. Ular suvni yuqorida qayd etilgan suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarga nisbatan 10 baravar kam iste’mol qiladi. Shuningdek, mosh, loviya, no‘xat va qizil loviya (fasol) kabi qurg‘oqchilikka chidamli dukkakli don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq.
O‘zbekistoning sug‘orilmaydigan cho‘l hududlarida qurg‘oqchilikka chidamli va bozorbop kovul (kapers) yetishtirib, uning eksportini keskin oshirish imkoniyatlari mavjud. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu mahsulotning eksporti hajmi 2,3 ming tonnadan (3,8 mln dollar) 3,3 ming tonnaga (5,3 mln dollar) ortgan. Kapersning qariyb 80 foizi Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida yetishtirilmoqda.
Tadqiqot natijasida, qurg‘oqchil hududlarda kam suv talab qiluvchi kovul (kapers, ozuqabop va farmatsevtikada foydalaniladi), tipchoq, qo‘ng‘irbosh (myatlik, yem-xashak uchun), cho‘l jo‘xorisi, cho‘l-dasht solyankasi (farmatsevtikada foydalaniladi), soyali sparja (ozuqabop ekin) kabi ekinlarni joylashtirish imkoniyatlari borligi aniqlandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

12:15 / 28.04.2025