Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi – prezident
Har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi ta’kidlandi.

Foto: Kun.uz
Mamlakat suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog‘liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi qayd etildi.
«Biz O‘zbekistonni ijtimoiy davlat, deb e’lon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy ko‘makka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.
Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko‘paytirilmoqda.
Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda ta’minlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat budjetidan har yili qo‘shimcha 30-40 trillion so‘m ajratish kerak bo‘ladi», - dedi prezident.
Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi ta’kidlandi.
Yoshlar siyosatini, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.
Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

12:57 / 17.02.2025