Xitoy elchisining O‘zbekistonga ham qaratilgan gaplari nimadan darak?
Xitoyning Fransiyadagi elchisi possovet davlatlarining suverenitetini shubha ostiga olib, diplomatik mojaro boshladi. Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, u Pekinning zimdan yuritayotgan o‘yinini ochiqlab qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bu – Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xitoy tahdidiga nisbatan uzoq muddatli siyosat va o‘zaro munosabatlar konsepsiyasini shakllantirish zaruratini eslatadi.

Lu Shay / Foto: Reuters
Xitoy Xalq Respublikasining Fransiyadagi elchisi Lu Shay bugun, 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telemuloqot chog‘ida, ikki masalada xavotirli fikr bildiribdi.
Birinchidan, u Qrimni Ukrainaning yeri deb tan olishdan bosh tortgan. Ikkinchidan, possovet davlatlari, jumladan, O‘zbekistonning ham suverenitetini “kuchli huquqiy asosga ega emas” degan.
Bu bilan, yoki rasmiy Pekin o‘zining “hududiy yaxlitlik tarafdori” pozitsiyasidan sekin voz kechib boshlayapti. Ya’ni, “kim kuchli bo‘lsa, yer o‘shaniki” pozitsiyasiga o‘tishga tayyorgarlik. Yoki, elchi Pekinning ichki, uzoq muddatli o‘yinini, anglamagan holda, bildirib qo‘ygan.
Haqiqatda, Pekinning Moskva bilan munosabatlarida: “gohida hududiy yaxlitlik haqida aytamiz, lekin, aslida Qrim – Rossiyaniki, ya’ni, sizlarniki” degan pozitsiya bo‘lishi mumkin.
Haliga qadar Markaziy Osiyo davlatlarining, jumladan, O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi borasida, uning global o‘sishi borasida, hech qanday strategiyasi, strategik doktrinasi yo‘q.
XXRning iqtisodiy o‘sishi, dunyoning bugungi ikkinchi iqtisodiyoti, ertangi birinchi iqtisodiy qudrati mintaqamizning biqinida bo‘lishi – Markaziy Osiyo beshta respublikasi uchun, xayrlimi yoki tahdidmi?
Iqtisodiy o‘sayotgan Pekinning geosiyosiy qarashlari qay tomon ketmoqda, istiqbolda qanday bo‘lishi mumkin? XXRning Rossiya Federatsiyasi bilan borgan sari yaqinlashuvi biz uchun nimani anglatadi: tahdidmi yoki hech qanday muammo yo‘qmi?
Dunyo davlatlarida global fenomenlar uchun, maxsus, anglangan, chuqur o‘rganilgan va hayotda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan, agar og‘ishilsa – siyosiy tanqidlar va mojarolarga sabab bo‘ladigan “strategik kurs”lar bo‘ladi.
Lekin mintaqada, hattoki yopiq eshiklar ortida ham mana shunday jiddiy bahslar, tahlillar kuzatilmaydi. Bu – anomal holat. Lekin, bu post-totalitar, avtoritar siyosiy madaniyatga xos inersiyali holat. Ayni paytda, sobiq SSSRda tashqi dunyodagi o‘zgarishlar juda kuchli kuzatilar va bahs qilinar edi.
Biz kabi jamiyatlarda “hamma narsani davlat o‘zi yaxshi biladi” degan qarash bor. Davlatda esa “hozir o‘sha davlat bilan aloqalarimiz yaxshi/yomon, vaziyatni chigallashtirmaylik” degan ehtiyotkorlik juda kuchli. Aslida, bu – vatandoshlik jamiyatining zaifligi, siyosiy plyuralizmning yo‘qligiga borib taqaladigan jiddiy nuqson hisoblanadi.
Vaziyat xavotirli. Agar RF va XXR, ikkalasi kelishib, Markaziy Osiyoning geosiyosiy vaziyatini monopol nazorat qilmoqchi bo‘lsa, bu mintaqa poytaxtlari uchun, juda katta muammolar keltirib chiqarishi aniq.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilchi
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
-
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Jahon | 19:34
Mavzuga oid

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:45 / 30.06.2025
“Arxivlar to‘liq ochilsa, rusparastlar tilini tishlab qoladi” - siyosatshunoslar Moskvaning “umumiy tarix” da’vosi haqida

14:10 / 28.06.2025