“Dinga bog‘lab ayblov qo‘yish va qamab qo‘yish asossiz” – advokat “ACTIVIST” ishi haqida
Advokat Ruslan Sodiqov Kun.uz’ga bergan intervyusida “Activist” ishi tafsilotlari haqida gapirib, ayblovni asossiz deb bilishini ta’kidladi.

Foto: Kun.uz
“Ish haqida birinchi bor eshitganda blogerning harakatlarida qandaydir e’tirozli jihatlar bordek tuyulgandi. Nega? Birinchidan, uning bir mahsulotni harom deb e’lon qilishi uchun huquqiy asosi mavjud bo‘lishi kerak edi. Chunki uning xatti-harakati tadbirkorga zarar yetkazuvchi harakat hisoblanadi. Masalan, yolg‘on axborot tarqatish, tuhmat yoki raqobatchini obro‘sizlantirish kabi moddalar bor. Lekin blogerning sudda qaysi moddalar bilan javobgarlikka tortilganini ko‘rgandan keyin, taajjubga tushdim. Diniy adovat qo‘zg‘atgani uchun, deb keltirilgan u yerda. Ayblovni asossiz deb bilaman. Bu mening shaxsiy fikrim, qarashim. Men o‘z shaxsiy qarashimni bildirishim mumkin va bu sud qaroriga ta’sir qilmaydi.
Mutaxassis sifatida shuni aytamanki, yuridik jihatdan ham diniy adovat qo‘zg‘atilishi uchun obekt aniq bo‘lishi kerak. Diniy adovat qo‘zg‘atish deganda, deylik, ikki din vakillari o‘rtasida kelishmovchilik chiqarishga sabab bo‘lishi lozim. Harom deyish yeyishga yaroqsiz, zararli degan ma’noda ishlatiladi. Xo‘sh, bu yerda kimga ta’sir o‘tkazildi? Bu yerda bloger mahsulotning sifatsizligi va uni yeyish taqiqlanganiga ishora qildi. Harom so‘zi ham taqiqlangan degan so‘zdan kelib chiqadi. Ya’ni uni yeyish zarar yetkazadi, degan ma’noda, u o‘zining diniy qarashlarini singdirmayapti, ikki din vakili o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqarmayapti. Bunga yo‘naltirilgan qasd bu ishda mavjud emas deb hisoblayman. Diniy adovat qo‘zg‘atish degan narsa yo‘q bu yerda. Umuman, dinga bog‘lab ayblov qo‘yish va qamab qo‘yish — asossiz.
Bundan tashqari, 194-moddani ham qo‘shishgan. Oldin ham bir necha marta aytganimdek, bu modda «navbatchi» modda bo‘lib qolgan. Oldin buning tartibini belgilab chiqish kerak, har qanday holatga bu moddani taqayverish noto‘g‘ri. Avvalo huquq organi xodimining talabi qonuniy bo‘lishi kerak”, – dedi advokat Ruslan Sodiqov.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
-
Britaniya O‘zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 12:54
Mavzuga oid

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

17:20 / 11.04.2024
“Activist” loyihasi tugatildi, muallif sabablarini keyinroq ma’lum qilishini aytdi

10:25 / 02.10.2023
“Omborni sotib bo‘lsa-da, yetkazilgan zarar undiriladi” - advokat

11:41 / 11.05.2023