Olimlar Alsgeymer kasalligining boshlanishi belgisini topishdi
Neyrobiologlar qondagi ma’lum bir glikan darajasi demensiyaning boshlanishi bilan bog‘liqligini aniqladilar.

Foto: Unsplash
AQSh Karolina instituti olimlari qand guruhidan molekulani topdilar, uning qondagi miqdori Alsgeymer kasalligini boshlanishidan o‘n yil oldin bashorat qila oladi. Tadqiqot Alzheimer's & Dementia jurnalida chop etildi.
Alsgeymer kasalligida miyadagi neyronlar nobud bo‘ladi, bu beta-amiloid va tau oqsillarining anomal to‘planishi oqibatidir. Mualliflar ilgari Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan odamlarda tau va o‘ziga xos qandlar, glikanlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdilar, ammo bu tahlillar kasallikning muntazam tekshiruvi uchun foydalanish qiyin bo‘lgan orqa miya suyuqligida o‘tkazildi.
Yangi tadqiqot qonida ma’lum darajadagi glikanlarga ega bo‘lgan odamlarning Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimoli ikki baravar ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi. Bu shuni anglatadiki, qondagi ushbu molekula miqdori Alsgeymer kasalligi xavfini birinchi alomatlardan ancha oldin baholash imkonini beradi. Testning aniqligi taxminan 80 foizni tashkil qiladi.
Natijalar 17 yil davomida kuzatilgan 233 ishtirokchi tahlillariga asoslangan.
Alsgeymer kasalligi uchun dori vositalarining klinik sinovlari davolashni patologik jarayonning dastlabki bosqichida boshlash kerakligini ko‘rsatadi. Olimlarning kashfiyoti odamlarda kasallikning dastlabki bosqichini aniqlash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi
Jahon | 00:58
-
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi
O‘zbekiston | 00:24
-
Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Jahon | 00:13
-
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
Jamiyat | 23:32 / 28.04.2025
Mavzuga oid

18:34 / 01.08.2023
Koreya banki O‘zbekistonni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasiga 74 mln dollar ajratadi

09:27 / 31.07.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etiladi

09:50 / 21.07.2023
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti

09:08 / 10.07.2023