Koreya banki O‘zbekistonni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasiga 74 mln dollar ajratadi
Loyiha aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirish, hududiy tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

Foto: KUN.UZ
Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda «Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Koreya Respublikasi hukumati tomonidan «Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash» loyihasini amalga oshirish uchun Koreya eksport-import bankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasidan O‘zbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga jami 74 million AQSh dollari ekvivalentidagi Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilishi ma’qullangandi.
Loyihaning umumiy qiymati 88,78 million dollarni tashkil qiladi. Jumladan, 74 million dollar qarz mablag‘lari hamda 14,78 million dollar soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida bo‘ladi.
Qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq va foizlar, boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «O‘zmedimpeks» davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tender komissiyasining ishchi organi va tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025