Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim sport obektlarini qurish joylari ovoz berish orqali aniqlanadi

Foto: Norma.uz
Prezident tomonidan “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Hujjat bilan Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining 9 ta ustuvor yo‘nalishi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining xususiy sektorga o‘tkazilayotgan vazifalari ro‘yxati belgilanmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1 fevralga qadar o‘z tizimlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik “Yoshlar dasturi”ni Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida o‘tkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirlar haqida ma’lumot yoshlarportali.uz yagona elektron platformasida e’lon qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar sport sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan ERP Sport yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi hamda UzASBO dasturidagi ma’lumotlar bilan integratsiya qilinadi. Bunda joylarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan sport obektlari va inshootlarining kamida 30 foizi elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
Mavzuga oid

11:16 / 09.07.2025
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

20:59 / 16.04.2025