Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 8 sotix yerni noqonuniy ravishda olib berishga va’da berib, 5,3 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berish evaziga pora olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Daryo» manbasiga ko‘ra, Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari A.K. Katta Farg‘ona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini E-auksion’dagi savdolarni yopiq shaklda o‘tkazgan holda sotib olib berishda yordam berishini aytib, evaziga pul talab qilgan. U 7 aprel kuni talab qilingan pullardan 500 dollarini xizmat xonasida olayotganida qo‘lga tushgan.
A.K. 2022 yilning oktyabr oyidan buyon tuman hokimi o‘rinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Bundan avvalroq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ikki mansabdori pora bilan qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
-
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi
Jahon | 19:37
-
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

11:14 / 26.06.2025
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025