YeChL chorakfinal o‘yinlari uchun qur’a tashlandi
1/4 final bosqichida «Real» - «Chelsi», «Man Siti» - «Bavariya» juftliklari hosil bo‘ldi. Bu ikki juftlik g‘oliblari yarimfinalda o‘zaro to‘qnash keladi.

Foto: AFP
17 mart kuni Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA qarorgohida Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning amaldagi g‘olibi «Real» yarimfinal yo‘llanmasi uchun «Chelsi»ga qarshi ikki o‘yindan iborat bahsda maydonga tushadigan bo‘ldi, «Manchester Siti» esa «Bavariya»ga qarshi final oldidan oldingi final bahslarini o‘tkazadi.
YeChL 1/4 final juftliklari:
- «Real» — «Chelsi»
- «Inter» — «Benfika»
- «Manchester Siti» — «Bavariya»
- «Napoli» — «Milan»
Muxlislarni yarimfinalda ham shiddatli to‘qnashuvlar kutadi. «Real» — «Chelsi» juftligi g‘olibi final uchun «Manchester Siti» — «Bavariya» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. O‘z navbatida, «Inter» — «Benfika» juftligi g‘olibi «Napoli» — «Milan» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Chorakfinalning dastlabki bahslari 11–12 aprel, javob o‘yinlari esa bir haftadan keyin – 18–19 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yarimfinallar 9 va 10 may kunlariga, javob uchrashuvlari 16 va 17 may kunlariga belgilangan. Final 10 iyun kuni o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
«Chelsi»ni sotishdan tushgan pul: London Abramovichga sud bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 12:35
-
Rossiya telekanallari ko‘priklar portlatilishi va harbiy aerodromlarga hujumlarni qanday yoritdi?
Jahon | 12:10
-
O‘rmon agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston | 12:01
Mavzuga oid

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki

12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi

03:05 / 06.03.2025