Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘ka va Ohangaronda joylashgan manzil-koloniyalarda pilla yetishtiriladi
Prezident “Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: AP
Hujjat yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, respublika ipakchilik tarmog‘i korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini hamda ipakchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek, ipakchilik tarmog‘ida ilmiy salohiyatni oshirish va tarmoq uchun malakali kadrlar tayyorlashda yirik ipakchilik korxonalari va zamonaviy laboratoriyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida qabul qilindi.
"O‘zbekipaksanoat" hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmalari ishtirokchilarining tegishincha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, shu jumladan ularning mol-mulkini balans qiymatida bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Ichki ishlar vazirligi "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2023 yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun berilgan yer uchastkalari atroflariga ihota sifatida pilla xomashyosi yetishtirishda ozuqa sifatida foydalaniladigan tut daraxtlarini ekish majburiyatini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2023 yil 1 apreldan boshlab "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 360 kun etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila

20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan

17:28 / 18.02.2025