Jahon | 22:28 / 25.02.2023
31551
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yana zilzila yuz berdi 

Mamlakat markazida 5 balli yer silkinishlari qayd etildi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiyada 5 magnitudadan ortiq yangi zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Anadolu davlat axborot agentligi xabar berdi. 

Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 13:27 da markaziy Nig‘de viloyatida sezilgan. Seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila manbasi taxminan 7 km chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yo‘q. 

6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki davlatda halok bo‘lganlar soni 50 ming kishiga yaqinlashmoqda, shundan 45 mingga yaqini Turkiyada. 

Shundan so‘ng, bir necha hafta davomida «aftershok» deb ataladigan takroriy zilzilalar yuz berdi, ularning ba’zilari juda kuchli bo‘ldi. 

Mavzuga oid