Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi shifoxonada hamkasblarini choynak bilan urgan tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilgan.

Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasida bosh shifokorning o‘g‘li va kelini hamshiralarni kaltaklagani aytilgan videolavha tarqaldi. SSV ma’lumotiga ko‘ra shifoxonada o‘z hamkasblariga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Aniqlanishicha, joriy yil 2 fevral kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand viloyati Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Chelak 1-son shifoxonasining o‘rta tibbiyot xodimlari – A.N. va B.Sh. o‘rtasida o‘zaro davom etib kelayotgan oilaviy kelishmovchilik sabab janjal yuzaga kelgan.
Buning natijasida hamshira B.Sh. va uning onasi, kichik tibbiy xodim M.D. jiddiy tan jarohati olgan. Shundan so‘ng jabrlangan har ikki bemorga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shu kuni mazkur shifoxonaning shoshilinch jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.
Tekshiruvlar natijasida hamshira B.Sh.ga «Burun suyagi yopiq sinishi, burun usti sohasi urilib, kesilgan jarohati. Bosh miya chayqalishi», kichik tibbiy xodim M.D.ga esa «Burun usti, chap yonoq sohasi, chap ko‘z ichki burchagi urilib, kesilgan jarohati. Bosh miya chayqalishi» tashxisi qo‘yilgan. Bemorlarga belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalar ko‘rsatilgach, joriy yil 11 fevral kuni qoniqarli ahvolda uyiga ruxsat berilgan.
Ayni paytda o‘z hamkasblariga tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaro A.N.ga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, vazirlik tomonidan ushbu voqea bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunida bunday salbiy holatning yuzaga kelishiga e’tiborsiz bo‘lgan hamda muassasa xodimlari o‘rtasida kasb etikasi va majburiyatlariga rioya etish yuzasidan yetarlicha tushuntirish olib bormagan bir qator mas’ullarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli jazo choralari qo‘llangani ta’kidlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
-
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57
-
UzIMEI bo‘yicha raqamli texnologiyalar vaziriga senator so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 17:42
-
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

10:11 / 05.07.2025
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

19:42 / 02.07.2025
SSV aholini jamoatchilik nazoratiga chorladi

18:47 / 30.05.2025