Bryussel Zelenskiy Yevropa kengashi sammitiga taklif etilganini tasdiqladi
Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 9-10 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa kengashi sammitida shaxsan ishtirok etishga taklif qildi.

Foto: Reuters
Bu haqda Yevropa kengashi rahbari vakili Barend Leyts ma’lum qildi. Bryussel xavfsizlik nuqtayi nazaridan qo‘shimcha ma’lumot berish niyatida emas, deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina hukumati Rossiyaning yangi keng ko‘lamli hujumni boshlash niyati haqida «razvedkadan juda ishonchli ma’lumot» olgandi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining o‘zini tanishtirmagan maslahatchisiga tayanib, Financial Times xabar berdi. Unga ko‘ra, hujum keyingi 10 kun ichida boshlanishi mumkin.
Mutaxassislar Luhansk viloyatining o‘tgan yil kuzidagi qarshi hujum paytida Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilingan Kremennaya va Liman shaharlari yaqinidagi g‘arbiy qismini uning ehtimoliy yo‘nalishi deb atamoqda. Mahalliy rasmiylar va G‘arb tahlilchilariga ko‘ra, Rossiya bir necha haftadan beri bu yo‘nalishda qo‘shin to‘plamoqda. Ayni paytda, Moskva Donetsk viloyati janubida o‘z kuchlarini to‘plamoqda, deya ta’kidlaydi gazeta.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 fevral kuni kechki murojaatida OAVda rus qo‘shinlari fevral oyida «o‘tgan yilgi mag‘lubiyatlarni qaytarishni» rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarga ishora qilib, Donetsk viloyatidagi «juda og‘ir vaziyat» va shiddatli janglarni qayd etdi. «Ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin va qanday bosim bo‘lmasin, biz chidashimiz kerak», dedi u.
Mavzuga oid

14:23 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevroittifoq yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

08:16 / 02.04.2025
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga keldi

22:53 / 21.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?

18:04 / 21.02.2025