O‘zbekistonda ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari belgilandi. Xususan, ular ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganadi va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 20 yanvar kuni «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan, soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuziladi.
Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va tizimli monitoring olib borish;
- ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
- ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazish.
Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21 yanvardan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda
O‘zbekiston | 18:45
-
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoydagi muhim imtihonlar paytida sun’iy intellekt ilovalari o‘chirib qo‘yildi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

21:18 / 27.11.2023
Yana uchta turdagi imtihonlar jonli efirga uzatiladi

21:10 / 16.04.2022
Bemaslahat qarorlar, omadli arxitektor va yangi “piramida” - hafta dayjesti

18:44 / 13.04.2022
«Orqaga ikkita katta qadam» - qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga majburiy joylashtirish tartibi bekor qilindi

15:49 / 13.04.2022