O‘zbekiston | 09:39 / 30.12.2022
10488
1 daqiqa o‘qiladi

Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Toshkent shahar Mirobod tumani S.Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 30 dekabr kuni soat 08:21 da ro‘y bergan.

Ushbu hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangani aytiladi. 

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin daqiqalarda taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Mavzuga oid