Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vuchich serblarni Kosovo shimolidagi barrikadalarni buzishga chaqirdi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo shimolida namoyishga chiqqan serblarni barrikadalarni buzishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vuchich Yevropa Ittifoqi va AQShdan namoyishchilar ta’qib qilinmasligi haqida kafolat olgan.

Aleksandr Vuchich / Foto: Tanjug
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo shimolida namoyishga chiqqan serblarni barrikadalarni buzishga chaqirdi. Bu haqda 28 dekabr, chorshanba kuni Reuters agentligi Serbiyaning Kosovo va Metoxiya bo‘yicha kanselyariyasi rahbari Petar Petkovichga tayanib xabar berdi. Petkovichning so‘zlariga ko‘ra, Vuchich Yevropa Ittifoqi va AQShdan namoyishchilar Kosovo hukumati tomonidan ta’qib qilinmasligi haqida kafolat olgan.
Avvalroq 10 dekabr kuni Yarine chegara punktida terrorchilikda gumonlanib hibsga olingan, asli serbiyalik Kosovo sobiq politsiyachisi Deyan Pantich uy qamog‘iga olinishi ma’lum bo‘lgan edi. Deyarli uch hafta oldin Pantichning hibsga olinishi navbatdagi keskinlikni keltirib chiqardi. Kosovo shimolidagi aholining asosiy qismini tashkil etuvchi serblar Serbiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining kirish yo‘llarini to‘sib, barrikadalar o‘rnatishga kirishdi. 28 dekabr kuni Kosovo hukumati eng yirik «Merdare» nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi. Serbiya bir kun avval armiyani shay holatga keltirdi.
Qo‘shma Shtatlar va YeI tomonlar o‘rtasida vaziyatni yumshatishga chaqirdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi, Berlinga ko‘ra, hozirgi bosqichda asosiy e’tiborni barrikadalarni yo‘q qilish harakatlariga qaratish zarurligini aytdi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva vaziyatga buzg‘unchi ta’sir ko‘rsatmasligi haqida bayonot berdi.
Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi mojaro joriy yilning iyul oyida Prishtina Serbiya fuqarolariga kirish uchun vaqtinchalik hujjatlar joriy etishga qaror qilgan va serb ozchilikdan serb avtomobillarining eski raqamlarini mahalliy raqamlarga o‘zgartirishni talab qilgandan so‘ng kuchaygan. Kosovo serblari norozilik sifatida barrikadalar o‘rnatdilar, shundan so‘ng Prishtina hukumati yangi qoidalarni joriy etishni keyinga qoldirdi.
Noyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Kosovo va Serbiya avtomobil raqamlari bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilganini, biroq mintaqada mojarolar kelib chiqishda davom etayotganini aytdi. Shunday qilib, 25 dekabr kuni Zubin-Potok hududida to‘qnashuvlar yuz berdi, mahalliy etnik serblar ikki hafta davomida yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. KFOR missiyasi vakillariga ko‘ra, noma’lum shaxslar o‘z patrullaridan birining yonida o‘t ochgan, hech kim jabrlanmagan.
2008 yilda Kosovo Respublikasi bir tomonlama ravishda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qildi. Uni Yevropaning ko‘plab davlatlari, jumladan, Germaniya, shuningdek, AQSh ham tan olgan. Belgrad Kosovoni o‘zining avtonom viloyati deb biladi va Prishtina mustaqilligini tan olmaydi. Serbiyaning pozitsiyasini Rossiya, possovet hududidagi aksariyat davlatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqining beshta davlati, Xitoy va Hindiston qo‘llab-quvvatlaydi.
Bosh vazir Albin Kurti 15 dekabr kuni Kosovoning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi uchun rasman ariza berdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

14:05 / 12.06.2025
Serbiya prezidenti urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi

11:49 / 12.06.2025
Vuchich Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralovchi bayonotga imzo chekmadi

20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi

11:42 / 07.05.2025