Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyob foto: Transport vaziri – avtobusda
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov birinchi marta jamoatchilik qarshisida avtobusda ko‘rinish berdi. Lekin u ishga yoki uyiga avtobusda ketayotgani yo‘q: prezident tanqididan keyin, jamoat transportidagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganayotgan ichki ishlar vaziriga hamrohlik qilyapti.

Foto: IIV matbuot xizmati
Toshkent jamoat transporti bir necha oy kuchaytirilgan rejimda ishlaydi va bu vaqt mobaynida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning nazoratida bo‘ladi. Bu topshiriq ijrosi yuzasidan Bobojonov, transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan birga, 16 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 8-sonli avtobus saroyiga bordi.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki vazir boshliq ishchi guruh avtobus saroyi va uning tasarrufidagi jamoat transportlarida yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va muammolarni o‘rganyapti.




Bu o‘rganish ishlari – ikki vazirning o‘z tashabbusi emas. Ular prezident topshirig‘idan keyin shaharda jamoat transporti qay ahvolda ekanini ko‘chaga: bekatlarga va avtobusga chiqib, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishiga to‘g‘ri kelgan.
Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni 18-avtobus saroyiga borib, Toshkent jamoat transportidagi muammolarni tanqid qilgan edi. Davlat rahbari avtobuslar soni kamligi, yo‘lovchilar bekatlarda uzoq kutib qolayotganini aytgandi. Shu kuni prezident topshirig‘i bilan bahorgacha shaharga mingta yangi avtobus olib kelinadigan bo‘ldi, “Toshshahartransxizmat” tizimidagi avtobus haydovchilarining maoshi 5-6 million so‘mga yetkazildi.
14 dekabr kuni shahat transport boshqarmasida majlis o‘tkazildi. Unda 7-, 8- va 18-sonli avtobus saroylari Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi, vazirlikka tegishli 30 ta Isuzu avtobusi yo‘nalishlarga chiqarildi. Lekin Isuzu avtobuslari nogironligi bo‘lgan va jismoniy harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallanmagan. Vaholanki, bunaqa avtobuslarni shahar jamoat transportiga qo‘yish prezident farmoniga asosan 2018 yil 1 martdan taqiqlangan.
Shuningdek, avtobuslarning bekatlarga kelish intervallarini qisqartirish maqsadida, nosoz avtobuslar tezkor ta’mirlandi. Shu va boshqa choralar hisobiga, Toshkent ko‘chalarida yo‘nalishlarga chiqqan avtobuslar soni 2 kun ichida salkam 150 taga ko‘paydi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025