Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Murojaat mualliflari, shuningdek, HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni zudlik bilan ozod qilishni talab etdi.

Foto: AP
Buyuk Britaniya, Fransiya va yana 20 dan ortiq davlat tashqi ishlar vazirlari Isroil hukumatiga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan murojaat yo‘llab, G‘azo insonparvarlik jamg‘armasi (GHF) orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish tizimini tanqid qildi. Buyuk Britaniya TIV bayonoti BBC nashri tomonidan e’lon qilindi.
«Biz, ushbu murojaatni imzolaganlar, oddiy va shoshilinch xabar bilan to‘plandik: G‘azodagi urush zudlik bilan to‘xtatilishi kerak. G‘azodagi tinch aholining azob-uqubatlari yanada chuqurlashdi. Isroil hukumatining yordam ko‘rsatish modeli xavfli, u beqarorlikni kuchaytiradi va G‘azo aholisini insoniy qadr-qimmatidan mahrum qiladi. Biz yordamning aniq manzillarga yetkazilishini, suv va oziq-ovqatga bo‘lgan eng oddiy ehtiyojlarini qondirishga uringan tinch aholini, jumladan, bolalarni shafqatsizlarcha o‘ldirilishini qoralaymiz. Yordam olishga uringan 800 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani dahshatli», deyiladi bayonotda.
Murojaat mualliflari, shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan beri HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni zudlik bilan ozod qilishni talab etdi. Bundan tashqari, murojaatda Isroilning G‘azoda «humanitar shahar» yaratish rejalari tanqid qilinib, bu xalqaro huquqning buzilishi deb ataldi va G‘arbiy Sohilda yahudiy aholi punktlari qurilishi falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik bilan birga davom etayotgani qoralandi.
Ushbu bayonotni Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tenglik masalalari bo‘yicha komissari Hoja Lahbib imzolagan.
Avvalroq, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 27 maydan 7 iyulgacha G‘azoda insonparvarlik yordamini olish paytida kamida 798 falastinlik o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan edi. Ulardan 615 nafari AQSh va Isroil ko‘magida G‘azo insonparvarlik jamg‘armasi (GHF) tomonidan tashkil etilgan punktlar yaqinida, yana 183 nafari humanitar karvonlar, jumladan, BMT kolonnalari yo‘nalishlarida halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

21:32
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

18:55
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi

14:03
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi

07:36 / 25.07.2025