Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
U Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Alisher Otaxonovich Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. O‘zA xabar berishicha, bu o‘zgarish uning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan amalga oshirilgan.
Davlat boshqaruvi Telegram kanaliga ko‘ra, u Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi.
Alisher Usmonov 1964 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, turli yillarda Kosonsoy tuman sudi raisi, Mingbuloq tumani prokurori va 2017 yildan Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2018 yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, 2017 yilning mayida prezident administratsiyasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmat etib qayta shakllantirilgandi.
Bundan oldinroq 2016 yildan buyon O‘zbekiston prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Tursinxan Xudaybergenov prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jahon | 08:13
-
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi
Jahon | 07:45
-
Tramp Eron va Isroil «to‘liq otashkesimga» kelishganini e’lon qildi. Eron ham, Isroil ham buni tasdiqlamadi
Jahon | 07:43
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
Mavzuga oid

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

18:58 / 18.04.2025