AQSh Huawei va ZTE qurilmalarini sotish va import qilishni taqiqladi
AQSh Xitoy ikki kompaniyasining yangi qurilmalari milliy xavfsizlikka tahdid soladi, degan xulosaga keldi. Amerika hukumati eski Huawei va ZTE qurilmalarini sotuvdan chiqarishga ruxsat berdi.

Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Huawei va ZTE smartfonlar hamda aloqa uskunalari ishlab chiqaruvchilarning yangi qurilmalari va aloqa uskunalarini sotish va import qilishni taqiqladi. 25 noyabr, juma kuni Federal aloqa komissiyasi (FCC) ma’lum qilishicha, ushbu qurilmalar milliy xavfsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf tug‘diradi.
«Bugun FCC bizning tarmoqlarimizni himoya qilish va Amerikaning milliy xavfsizligini mustahkamlash uchun misli ko‘rilmagan qadam tashlamoqda. Bizning bir ovozdan qabul qilingan qarorimiz - FCC tarixida birinchi holat bo‘lib, biz milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan yangi uskunalarni avtorizatsiya qilishni taqiqlashga ovoz berdik», deb yozdi idora rahbari Brendan Karr Twitter’dagi mikroblogda.
FCC rahbari regulyator nafaqat yangi uskunalarni avtorizatsiya qilishni taqiqlashni joriy etishini, balki Huawei va ZTE uchun allaqachon berilgan ruxsatnomalarni qaytarib olishga ham ruxsat berishini qo‘shimcha qildi.
Dpa agentligining ta’kidlashicha, bu qaror kutilmagan bo‘lmagan. O‘tgan yili AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Trampning yo‘lini davom ettirib, Huawei va ZTE aloqa uskunalarini AQSh bozorida taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolagan edi. O‘sha paytda qonun demokratlar va respublikachilar orasida keng qo‘llab-quvvatlangan. FCC ushbu qonunni amalga oshirish uchun bir yil ichida buyruq chiqarishi kerak edi.
Qo‘shma Shtatlar Huawei’ni Xitoy rasmiylari bilan yaqin aloqalar o‘rnatganlikda ayblaydi hamda kompaniyani josuslik va sabotajda gumon qiladi. Huawei bu ayblovlarni rad etib keladi.
Huawei va ZTE’dan tashqari Hytera Communications, Hangzhou Hikvision Technology hamda Dahua Technology qurilmalari ham FCC tomonidan taqiqlangan. Huawei va ZTE allaqachon AQShning qattiq sanksiyalari ostida qolgan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
-
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04
Mavzuga oid

18:25
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi

15:00
Hegset: AQSh NATOga sodiq qoladi, lekin ittifoqchilardan ko‘proq xarajatlarni kutadi

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

11:30