Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda maktab direktori o‘quvchini urgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan
Tekshiruv harakatlarini viloyat prokuraturasi o‘z nazoratiga olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IM direktori 10-sinf o‘quvchisini urgani va o‘quvchi qiz hushini yo‘qotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro X.J. Navoiy shahar IIBga qizi, 2006 yilda tug‘ilgan G‘.N.ni Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IM direktori urib, tan-jarohati yetkazganligi yuzasidan murojaat qilgan.
“Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi”, — deyiladi prokuratura bayonotida.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat sodir bo‘lgach, maktabga “Tez tibbiy yordam” chaqirilgan. O‘quvchi qizga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokor ma’lumotnomaga “Ko‘krak qafasi chap tomonining lat yeyishi”, deya tashxis yozgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada maktab direktori qo‘lida katta uzuk bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Oldinroq Urgutda 6-sinf o‘quvchisini urib, quloq pardasini yirtib yuborgan direktorga chora ko‘rilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
-
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega
Jahon | 15:26
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston | 15:17
-
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 15:06
Mavzuga oid

18:22 / 19.07.2025
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda

14:13 / 02.07.2025
Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi

14:01 / 24.05.2025