“Do‘konimda 50 ming dollarlik mol bor edi” - Andijondagi yonib ketgan “Jahon bozori”dan reportaj
Katta yong‘in bozordagi 56 ta do‘konni qamrab olgan. Ularning aksariyatidagi tovar-buyumlar kuyib, yaroqsiz holga kelgan. Vayronkor yong‘in sababi noma’lum, elektr tokidagi qisqa tutashuv degan taxmin bor. Kun.uz muxbiri yong‘in oqibatlarini tasvirga oldi, do‘kondorlar va shahar hokimi bilan suhbatlashdi.

19 oktyabr kuni soat 03:46da Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
FVBga ko‘ra, voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:56da yetib borib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da batamom o‘chirilgan.
Kun.uz muxbiri hodisa joyiga borib, yong‘in keltirgan talafotlar bilan tanishdi. Mutasaddilar va do‘kon egalari bilan suhbatlashdi.
20 yildan buyon mana shu bozorda savdo qiladigan Muhabbat Qo‘chqorovaning aytishicha, uning do‘konida 50 ming dollar atrofida tovarlari yonib ketgan.
“Palto, shuba, koja, plash kabi ayollarning sarpo mollarini sotamiz. Yarim soat oldin yuk qo‘yib ketgan edik, shundan keyin tezda yonib tugadi deyapti. Hamma svetlarni o‘chirib ketgan bo‘lsa, yong‘in qayerdan chiqqan? 100 ta tadbirkorning joyi edi bu joy. Endi har birini uyida bola-chaqasi bor... Yangi hokim moddiy yordam beramiz, do‘konlaringni joyida tiklaymiz dedi. Turk mollarini sotaman. 50 ming dollar atrofida tovarim bor edi. 1-2 marta buzishadi deganda ko‘nmagan edik”, – deya ta’kidladi u.
“Taxminan 40 ming dollarlik tovarim bor edi. Xitoy tovarlarini sotardim. Yolg‘iz ayolman, 14 yildan beri uch farzandni davlatimizdan moddiy yordam olmasdan, o‘zim eplab kelayotgan edim. Bunaqa kunlar hech kimning boshiga tushmasin. Shahar hokimimiz chiroyli qilib qurib, moddiy yordamlarni qilib beramiz, deb va’da berdi”, – deydi Dilfuzaxon Nazarbekova.
Yong‘inga elektr tokidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Hozirda tegishli mutasaddilar yong‘in sabablarini o‘rganmoqda.
Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov bozorga kelib, do‘kon egalari bilan suhbatlashdi. U keltirilgan zarar aniqlangach, barchasi to‘liq qoplab berilishini ta’kidladi.
“Shaxsan do‘konchilarni qabul qildim. Har birining ro‘yxatini shakllantirdik. Do‘koni necha metr kvadrat bo‘lsa, xuddi shunday hajmdagi do‘kon qilib beramiz. Tergov harakatlari tugagach, aniqlangan zarar qoplanib beriladi. Hozir aylanma mablag‘ uchun pul ajratib beramiz”, – deydi hokim.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish yakuni bo‘yicha e’lon qilinadi.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan vodiyga qaytishda ulkan tirbandliklar kuzatilmoqda
Jamiyat | 21:29
-
Dunyo bo‘ylab xavfli bank troyan virusi tarqalmoqda
Jahon | 20:37
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:36
-
Pentagon katta kemalarni yo‘q qiladigan aviabombani sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 20:32
Mavzuga oid

18:26
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

08:00
Olmazor tumanida 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

22:28 / 03.06.2025