O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
Doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar bo‘yicha birinchi o‘rinda G‘ozg‘on shahri qayd etildi – 9 ming kishi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 15,7 ming kishi hamda 19,2 ming kishi bo‘lgan Tomdi tumani va Shirin shahri joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qorovulbozor tumani – 19,4 ming kishi;
- Bo‘zatov tumani – 21,9 ming kishi;
- Yangiobod tumani – 29,3 ming kishi;
- Mo‘ynoq tumani – 33,4 ming kishi;
- Konimex tumani – 37,2 ming kishi;
- Uchquduq tumani – 38,9 ming kishi;
- Ohangapon shahri – 40,5 ming kishi.
Mavzuga oid

10:20 / 12.03.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi bir asrda qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

20:25 / 10.02.2025
Xitoyda yangi oila qurish holatlari 45 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

13:59 / 09.02.2025
O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar ma’lum qilindi

15:04 / 05.02.2025