2025 yilda O‘zbekistonda 2 mlndan ziyod aholi biznesga jalb qilinadi
Saudiya Arabistonining An Nahar News gazetasida "O‘zbekistonda 2025 yilda 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Nashrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgani ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, 2025 yil yakuniga qadar 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish, 5 million 200 ming fuqaroni bandligini ta’minlash, 60 ta tuman va shaharni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish rejalashtirilgan.
Muallifga ko‘ra, O‘zbekistonda mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi.
"Joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi. Chekka hududlardagi, og‘ir toifadagi qishloqlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ularga ishchanlik ruhini olib kirib, boqimandalikni kamaytirishga, kambag‘al oilalar mehnatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi", – deyiladi maqolada.
O‘zbekiston rahbari 2025 yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘lishini yana bir bor ta’kidlab, bu boradagi chora-tadbirlarni tartibli va manzilli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
"Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bu vazifalarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Har bir loyiha, har bir chora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan ish o‘rinlari soliq bazasida tekshirilishi belgilandi", – deb yozilgan An Nahar News gazetasida bosilgan maqolada.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi

13:17 / 30.04.2025
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

14:48 / 14.04.2025