Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKT sohasida startap loyihalar bo‘yicha prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi

Foto: Shutterstock
“Yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prezident sovrini uchun President Tech Award tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident qarori bilan 2023 yil martdan boshlab har yili yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy mukofot jamg‘armasi bir million AQSh dollari bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi prezident sovrini uchun President Tech Award tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- eksportga yo‘naltirilgan va jahon IT-bozoriga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yaratilishini qo‘shimcha rag‘batlantirish;
- yoshlar tomonidan ilgari surilgan biznes-g‘oyalar va istiqbolli startap-loyihalarni saralash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yoshlar o‘rtasida ingliz tilini ommalashtirish;
- mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida prezident sovrini uchun tanlovlarni muntazam o‘tkazish orqali yoshlarning ushbu sohaga qiziqishini oshirish.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari tanlov yakuniy bosqichida ishtirok etadigan 25 nafar jamoa orasidan jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali aniqlanadi. Bunda, jamoatchilik tomonidan ovoz berish natijasiga muvofiq: har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan 1-2-3 o‘rin egallagan (jami 15 ta) jamoalar tanlov g‘oliblari; qolgan 10 ta jamoa tanlov sovrindorlari deb hisoblanadi.
Tanlov g‘oliblari: 1-o‘rin uchun – 100 000 AQSh dollari; 2-o‘rin uchun – 50 000 AQSh dollari; 3-o‘rin uchun – 30 000 AQSh dollari; tanlov sovrindorlari har biri uchun – 10 000 AQSh dollaridan (jami 100 000 AQSh dollari) mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

14:35 / 24.06.2025
“Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovi o‘tkaziladi

15:07 / 19.06.2025
O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida xalqaro tanlov e’lon qilindi

16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi

19:55 / 18.01.2025