O‘zbekiston | 12:11 / 14.10.2022
2540
2 daqiqa o‘qiladi

Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi

Foto: Kun.uz

“Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsad qilindi.

Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi texnologik klasterlar tashkil etiladi: “Navoiy kimyo texnoparki”; “Farg‘ona kimyo texnoparki”; “Qoraqalpog‘iston kimyo texnoparki”.

2023 yil 1 aprelga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “Navoiyazot” AJda texnik kompleks o‘rganish ishlari o‘tkaziladi hamda 2023 yil 1 avgustga qadar birlamchi bozor holatini o‘rganish yakunlanadi.

2023 yil 1 sentabrga qadar “Navoiyazot” AJda o‘tkazilgan texnik kompleks o‘rganish va birlamchi bozor holatini o‘rganish natijalari asosida jamiyatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2023 yil 30 iyunga qadar mazkur qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.

Mavzuga oid