Qashqadaryoda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Elektromontyor iste’molchi balansida bo‘lgan tayanchga o‘tadigan simlarni yechishga uringan vaqtda avariyadan so‘ng liniyaga tok uzatila boshlangan va oqibatda uni tok urgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yil 5 oktabr kuni “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi G‘uzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/10 kVli “G‘armiston” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “G‘uzor-Sovbog‘” fiderining “Mikop” shoxobchasi avariyadan so‘ng ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, soat 14:30 atrofida fiderga kuchlanish berilgan.
Biroq tezkor brigada xodimlari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda, naryaddan tashqari 110/10 kVli “G‘uzor” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Oxunboboyev” fiderining 36-tayanchidan iste’molchi balansida bo‘lgan tayanchga o‘tadigan simlarni yechishga uringan vaqtda elektromontyor G‘.B. kuchlanish ostiga tushgan.
Tezkor brigada tomonidan jabrlangan elektromontyor tayanchdan tushirib olinib, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda tez yordamga xabar berilgan. Yetib kelgan tez yordam shifokorlari kuchlanish ostiga tushgan elektromontyorni ko‘rikdan o‘tkazganda, uning vafot etgani ayon bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tomonidan ishchi guruh tuzilib, ayni paytda Qashqadaryo viloyatida mazkur hodisaning sabablari atroflicha o‘rganilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosniya serblar yetakchisi Dodikni hibsga olishga berilgan orderni bekor qildi
Jahon | 13:13
-
Davlat teatrlarida ekspert guruhlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 13:09
-
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi
Jahon | 12:45
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

15:46 / 03.10.2023
Buxorolik erkak “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishgan g‘uzorlik ayolni o‘ldirib qo‘ydi

20:10 / 04.03.2023
Qashqadaryoda fermer norozilik sifatida hokimiyat oldiga chorva mollarini haydab keldi

19:24 / 25.12.2022