Qashqadaryoda fermer norozilik sifatida hokimiyat oldiga chorva mollarini haydab keldi
Sud qarori bilan fermerga yetti sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi fermer norozilik sifatida tuman hokimligi binosi oldiga chorva mollarini haydab kelgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda, fermer xorijdan zotdor mol olib kelganini, yetarlicha yer ajratilmagani uchun mollari och qolgani, mas’ullar esa uning murojaatlariga e’tibor berishmayotgani uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lganini aytgan.
Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, hodisa 2023 yil 27 fevral kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro J.P. akasiga tegishli chorva mollarini G‘uzor tuman hokimligi ma’muriy binosi oldiga haydab kelgan.
«Fuqaroning xatti-harakati yuzasidan G‘uzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borildi. Fuqaro jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan qilgan mazkur xatti-harakatlari bilan MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan», deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborilgan.
Sudning 2023 yil 3 martdagi qaroriga ko‘ra huquqbuzar J.P.ga yetti sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 3 oktyabr kuni G‘uzor tumanidagi “G‘uzor quduq chorva” fermer xo‘jaligi raisi Hamza Toshtemirov chorva fermer xo‘jaligida yer maydoni mavjud emasligi va ozuqa mahsulotlari yetishmovchiligi tufayli “Xalq banki” G‘uzor tumani filiali binosi oldiga chorva mollarini haydab borgan. O‘shanda unga sud qarori bilan BHMning ikki barobari miqdorida jarima tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45
Mavzuga oid

17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”

12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

15:27 / 15.04.2025