O‘zbekiston | 19:24 / 25.12.2022
18502
2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi gazdan noqonuniy foydalangan zapravkalarni aniqladi

Energetika vazirligi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha yana bir qator holatlarni aniqladi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21—22 dekabr kunlari ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda uchta holatda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 7,3 milliard so‘mlik bo‘lgan 7,3 million kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari qayd etilgan.

  • Jumladan, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida joylashgan «Gazxizmatta’minot» korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasining o‘lchov tarmog‘iga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda 2,9 milliard so‘mlik;
  • G‘uzor tumanida joylashgan «Tazib» MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va o‘rnatilgan muhrlarga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan holda 3,5 milliard so‘mlik;
  • Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan «Energo Mashtrans Impex» MChJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘i kirish zulfiniga o‘rnatilgan bir marotabalik tamg‘ani buzgan holda 921 million so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mavzuga oid