Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Samarqandda IIB avtomobili maktab ko‘chasida xavfli tarzda harakatlandi
Samarqandda IIB xodimi piyodalar yo‘lakchasidan bolalarni o‘tkazayotgan maktab direktoriga qo‘pol muomalada bo‘ldi. Maktab direktorining aytishicha, u bolalarni yo‘ldan o‘tkazayotgan paytda IIB xodimi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 mashinasi juda katta tezlikda harakatlanib kelgan.

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Toyloq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-maktab oldida sodir bo‘lgan video tarqaldi.
Videoda o‘zini maktab direktori deb tanishtirgan shaxs ko‘chaning narigi tarafidan maktabga kelayotgan bolalarni piyodalar yo‘lakchasidan o‘tkazish uchun yo‘lning o‘rtasiga chiqib ikki tomondan harakatlanib kelayotgan mashinalarni to‘xtatgani tasvirlangan.
Direktor bolalarni yo‘ldan o‘tkazib bo‘lgach Nexia-3 mashinasi yo‘l chetida to‘xtaydi va undan ikki nafar IIB xodimi tushib keladi. So‘ng Nexia-3’ni boshqarib kelayotgan xodim direktorga qo‘pollik qiladi.
Videoda ma’lum qilinishicha, holat ertalab soat 7:50 larda bolalar maktabga kelayotgan paytda sodir bo‘lgan. Direktor IIB xodimi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 sal avvalroq ham maktab oldidan juda katta tezlikda harakatlangani, bolalarni yo‘ldan o‘tkazayotgan paytda ikkinchi marta katta tezlikda harakatlanib kelganini aytgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati IIB xodimi va maktab direktori o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik holati viloyat IIB tomonidan o‘rganilib, natijasi jamoatchilikka ma’lum qilinishini bildirdi. Shuningdek, IIB xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilgani holati YHXB tomonidan ko‘rib chiqiladi.
- Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabrda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bog‘chalar va maktablar oldidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat etilgan tezlik me’yori keskin kamaytirilishi belgilangandi. Shundan so‘ng bog‘chalar va maktablar oldidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat etilgan tezlik soatiga 50 kilometrdan 30 kilometrgacha tushirilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari

18:30 / 29.04.2025
Qo‘shko‘pirda sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

13:58 / 29.04.2025
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

16:59 / 02.11.2024