Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT sammiti doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Xitoyning “CC7” kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zkimyosanoat
Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan ShHT sammiti doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Xitoyning “China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD” kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 8 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kelishuvda ko‘zda tutilgan loyihalar biologik parchalanadigan polimerlar, ammiak va karbamid kabi jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida metanoldan olefin va MTP texnologiyasi asosida polipropilenni yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar loyihalarni ishlab chiqish jarayonini zudlik bilan boshlash uchun ishchi guruh shakllantirish, shu bilan birga, Xitoy kompaniyasi tomonidan asosiy vazifalarni muhokama qilish va amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun texnik mutaxassislarning O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtirilishiga kelishib oldi.
Shuningdek, “China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD” AJ va tizim korxonalarining ishlab chiqarish hamda ma’muriy binolari tomlariga zamonaviy quyosh panellarini o‘rnatish loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha ham qiziqish bildirdi.
Hamkorlikda amalga oshiriladigan ushbu istiqbolli loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti yanada yuksalishiga hissa qo‘shishi, import o‘rnini bosish bilan bir qatorda, eksport salohiyatini oshirishda muhim strategik ahamiyatga ega ekani, qolaversa, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda diplomatik munosabatlar rivojiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

14:00 / 06.05.2025
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda

15:21 / 02.05.2025
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi

19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda

14:21 / 05.12.2024